Zidan: "Yaxshi futbolchi bo'lish uchun qo'limdan kelganini qilganman"

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 17:41
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchilik faoliyatini yodga oldi.

"Mening yagona intilishim - futbol o'ynash edi. Maktabda bunga katta qiyinchiliklar bo'lardi. Ota-onam meni hech qachon jazolashmagan bo'lsa ham mening munosabatlarim noto'g'ri bo'lganini tushunardim.

Bir kuni ular menga: "Senda iqtidor borligini bilamiz. Nima kerak deb hisoblasang, o'shani bajar", deyishdi. Ota-onam roziligini olib, dunyoning eng yaxshisi bo'lish uchun harakat qildim.

Shundan keyin men o'z yaqinlarimni hursand qilish va men bilan g'ururlanishi uchun harakat qilaverdim", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS