Zidan: "Yarim yildan so'ng "Real"da bo'lmasligim mumkin"

Aslanov Jasurbek
14 sen 2016, 11:33
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'z ishini katta ishtiyoq bilan bajarayotgani haqida so'zladi.

"Men o'sayotganimdan ilhomlanyapman. Avvaliga buni futbolchi sifatida bajardim, endi - murabbiy sifatida. Hammasi bir kun kelib yakunlanishini bilaman. Yarim yildan so'ng "Real"da bo'lmasligim mumkin va bu hayol menga har kungi ishdan rohatlanishga undamoqda. Mehnat sovrinlar yutishga imkon beradi, ammo bosim avvalgidek qoladi" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca