Zidan va Iskoning uyiga o'g'rilikka tushishdi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2019, 23:28
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamda yarim himoyachi Iskoning uyiga o'g'rilar tushishdi.

"El Chiringuito TV" xabariga ko'ra, o'g'rilik vaqtida Zidan va Iskoning uylarida hech kim bo'lmagan. Biroq hozircha o'g'rilangan buyumlar va yo'qotilgan zarar qancha ekanligi oshkor qilinmayapti.

Eslatib o'tamiz, bu yili ko'plab futbolchilarning uyi tunalmoqda. Oldinroq, Alvaro Morata ("Atletiko"), Karim Benzema ("Real"), Esekiel Garay va Joffre Kondogbia (ikkisi ham "Valensiya"), Xoakin ("Betis"),  Jordi Alba, Kevin-Prins Boateng va Jerar Pike ("Barselona") kabi futbolchilarning uyiga ham o'g'rilikka tushishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito TV