Zidan "Real" futbolchilari bilan videokonferenciya o'tkazdi

5 apr 2020, 00:29
Bu haqida Ispaniyaning "Marca" nashri ma'lum qildi.

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 3 aprel (juma) kuni jamoa o'yinchilari bilan videokonferenciya tashkillashtirgan. "Qirollik klubi" a'zolari anchadan buyon bir-biri bilan aloqa qilmagandi.

Zidan videokonferenciya vaqtida o'z shogirdlarini ruhlantirgan, ularning sog'lig'i bilan qiziqqan va mashg'ulotlarni xuddi klub bazasida bo'lgani kabi davom ettirishni iltimos qilgan. Fransiyalik mutaxassis karantin vaqtida qo'l ostidagi futbolchilar bilan tez-tez shu usulda bog'lanib turishni rejalashtiryapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca