

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya chempionatida ajoyib mavsum o'tkazgan "Nicca" futbolchisi Yusef Atalni o'z jamoasi safida ko'rishni istayapti, deb xabar qildi le10sport.com sayti. Mutaxassis 24 yoshli jazoirlik himoyachining Karvaxalga munosib o'rinbosar bo'lishiga ishonmoqda.

Ma'lumot uchun, Yusef Atal "Nicca" tarkibiga 2018 yilda Jazoirning "Paradu" klubidan kelib qo'shilgan.



