Zidan: "Biz to'liq tayyormiz va qiyin o'yinni kutyapmiz"

Nadirkhuja Yuldashev
13 sen 2016, 22:44
"Real" ustozi Zayniddin Zidan "Sporting"ga qarshi o'yin oldi o'tkazilgan matbuot anjumanida uchrashuvga oid fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yevropa chempionlar ligasida g'alaba qozonishni istaydigan klublar ko'p. Biz musobaqa favoritimiz, ammo bu hech nimani anglatmaydi. Bu musobaqada bir tekisda ishtirok etish uchun ko'p ishlashimiz kerak. Sifatli futbol ko'rsatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qiyin uchrashuvga to'liq tayyormiz. "Sporting" yaxshi jamoa. Bu klub faqat himoyalanishdan tashqari hujum ham qila oladi", - deydi francuz.

So'zida davom etar ekan, ko'p karra YCHL g'olibi Krishtianu Ronalduga oid fikrlarini aytib o'tdi.

- Ronaldu o'yinga tayyor va maydonga tushishga hozirlik ko'ryapti. U ertangi o'yindagi rejamga kiritilgan. Yoshligidagi klubiga qarshi bahsda 90 daqiqa maydonda harakat qilishni istayapti.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: УЕФА