Zidan BBS triosi va Mbappe haqida gapirib o'tdi

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2017, 21:06
"International Champions Cup" doirasida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat (1:4)dan keyin "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanga "Monako" hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish borasida yana bir bor savol berishdi.

Zidan bu savolga aniq javob bermadi.

"Real"ning maqsadi - Beyl-Benzema-Ronaldu triosini saqlab qolish. Umid qilaman, ulardan hech biri boshqa joyga kyetmaydi. Mbappe? Men bu yerda murabbiyman, siz u haqida boshqa odamlardan so'rashingiz kerak. Ko'ramiz, yaqin vaqtlarda nima ro'y berarkin", - dedi Zidan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com