Maqolada bashorat qilganimizdek, 5 senyatbr kunidan sotuvga chiqarilgan chiptalarning markaziy sektorlari bugundan chiptaxonalarda paydo bo'ldi. To'g'ri, avvalgi o'yinlardan farqli ravishda ko'plab sektor chiptalarini o'z narhida harid qilishingiz mumkin. Aslida chiptalarga bo'lgan talab katta emas. Kechagi o'yin ham voh deydigan darajada bo'lmadiki, bugundan boshlab hamma o'zini kassaga ursa.
Kecha deyarli savdo bo'lmagan. Chipta harid qiluvchilar soni juda ham oz. Iordaniya terma jamoasining muxlislarini ko'rdingizmi? Maqolada yozilganicha bor ekanmi? Nima uchun biz ularchalik muxlislik qila olmaymiz? Sababi oddiy, ashaddiy muxlislar Siz quyida ko'rib turgan olib sotarlarni deb stadion tashqarisida qolib ketayaptilar. Agar stadionlarga faqat puli borlar emas, yuragida o'ti bor, O'zbekiston deb tinmay hayqiradigan muxlislar tushsin, mana ko'rasiz!
Ayni paytda "Paxtakor" stadionida chiptalar sotilyapti. Ilk tekshiruvni "Paxtakor" metro bekati yonidagi kassadan boshladik. Yollanma haridor orqali kassadagi chiptalar narhini o'rgandik.
Kassada chiptalar to'lib yotibdi. Rasmiy kassada markaziy sektorlardan chipta yo'q ekan. Siz quyida suratini ko'rib turgan bolakay rasmiy kassani yonginasida, aniqrog'i 3 metr narida turgan ikki kollej talabasidan chipta harid qildi.
Ketma-ketlikda bayon etamiz. Yuqoridagi ikkita savdogar quyidagi suratda o'tirgan rasmiy sotuvchilarning shundoqqina orqasidalar. "Kepka"dagi yigit, olib sotarlar narhi bilan tanishyapti.
Keyingi manzil "Ponarama" kinoteatri yonidagi "chipta ko'cha"dan bo'ldi (chunki chiptaxona mavjud emas). Faqat shu yerdagina insoflik sotuvchilar joy olishgan ekan. Harchand urinmaylik, bu nuqtadan qo'lga chiqib ketgan chiptalarni topa olmadik.
Navbat Anhor bo'yidagi kassaga keldi. Bu yerdagi kassalarda ham o'z narhiga chiptalar bisyor. Kassadan chipta so'rayotgan paytim oldimga ikki ayol kelib markaziy va SIP sektorlardan chiptalarni taklif qilishdi. 6 kishidan iborat guruhimizni hech kim tanimasligi bizga qo'l keldi. Har bir kassa nuqtalariga ichki ishlar hodimlaridan ikki nafardan vakil qo'yilgan (ular juda yosh) bo'lsada olib sotarlar pinaglarini ham buzmayaptilar. Hullas guruhimiz vakiliga SIPni 50 000 so'mdan, 32 sektorni esa 45 000 so'mdan taklif etishdi. Yon atrofda "nahot hammasi ochiq, bu yerda nazorat yo'q" degan savolga, "tekshiryapmiz-ku" degan qisqa javob berildi.
Shu narsa ma'lumki, bu safar chipta bozoriga markaz umuman aralashmagan! Shuning uchun fikr qoldirayotganda markaz va uning rahbarlari tomon bo'xtonlarni yozmasligingizni iltimos qilamiz. Bu ishni haqiqatdan ham o'rgandik. Yana bir ahamiyat bergan tomonimiz shunda bo'ldi-ki, olib sotarlar hech qachon o'zgarishmaydi. Mana 6-7 yildirki o'sha-o'sha odamlar chipta savdosi bilan shug'ullanishyapti. Ular markazdan ham avval bo'lishgan, bundan keyin ham bo'lishadi. Balki ular bugun bir ikki so'm ishlayotgandirlar. Lekin bu foyda yakunda, yani oxiratda juda-juda qimmatga tushadi.
Biz qo'rqayotgan narsa shuki, terma jamoamiz ashaddiy ishqibozlarning hayqirig'isiz qolib ketmasin. Yuqorida aytib o'tganimizdek, kechagi o'yin ja zo'r bo'lmadi. 12 futbolchi (muxlislar)ga esa chipta kerak, asl narhiga!