Joze Mourinyu: "Hujumchi gol urishi kerak, Torres ham shunday qiladi"

19 okt 2013, 17:47
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Fernando Torres o'yinlari haqida to'xtalib o'tdi.
"Fernando bu mavsum yomon o'ynamayapti, deb o'ylayman. Ha, u Premer-liga doirasida hali gol urmadi. Lekin har bir o'yinda to'liq o'ynayotgani ham yo'q-da".

"U jarohatdan doktorlarning yordamidan ham ko'ra ko'proq o'z harakteri evaziga g'orig' bo'ldi. U haqiqatdan ham maydonga qaytishni juda istadi".

"Torres oldinda muhim o'yinlar turgani yaxshi biladi. U yaxshi o'yin ko'rsatadi va albatta gol uradi. Hujumchilar gol urishi kerak va Torres ham huddi shu ishni qiladi", dedi Mourinyo.

Manba: sports.ru