Joze Mourinyo: "Pellegrini men bilan so'rashmay xurmatsizlik qilmadi"

Tolibjon Qosimov
28 okt 2013, 15:58
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrinining Angliya premer-ligasi 9-turidan o'rin olgan (2:1) o'yindan so'ng qo'l berib ko'rishmagani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Pellegrini men bilan ko'rishmagani bu xurmatsizlik deb o'ylamayman. Agar u natijadan xafa bo'lgan bo'lsa uni tushunaman.

Agar Pellegrini meni muxlislar oldiga yugurib ketganimdan xafa bo'lgan bo'lsa buni ham qabul qilaman. Muammo yo'q", – deydi Mourinyo.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru