Joze Mourinyo: "Moliyaviy "feyr-pley"ni buzgan jamoalardan ochkolarni olib qo'yib, sovrinlardan mahrum qilish kerak"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2014, 17:02
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa futbol assotsiatsiyasi ittifoqini moliyaviy "feyr-pley"ni buzgan jamoalarni jazolashga chaqirdi.

"Moliyaviy jarimalar yoki futbolchilarga qo'ygan chegaralar moiyaviy "feyr-pley"ni buzganlar uchun haqqoniy jazo emas. Fikrimcha, ularni ochko va yutuqlardan ayirish kerak. Agar sizda pul bo'lsa,  "feyr-pley" qoidasini bila turib buzasiz va yutuqlarni qo'lga kiritishda davom etaverasiz. Kuchli jamoalardan olti ochko ortda qolib, keyingi o'yinni Chempionlar ligasida boshlasangizchi? Agar Yevropa ligasiga tushirib yuborishsa manashu haqiqiy jazo bo'ladi" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net