Jimmi Floyd Xasselbaynk: "Diego Kosta – himoyachilar uchun qo'rqinchli tush"

Tolibjon Qosimov
28 noya 2013, 16:40
Gollandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Jimmi Floyd Xasselbaynk "Atletiko"ning bu mavsumdagi o'yinlari haqida gapirib berdi.
"Ajoyib jamoa. Ularning bir nechta o'yinlarini kuzatdim. Simeone jamoa bilan yaxshi ishlamoqda, aynan u tufayli futbolchilar ajoyib o'ynashmoqda. Jamoa bir butun ekanligi ko'rinib turibdi.

Diego Kostaning o'yinlari yoqmoqda, uning harakatchanligi, tirishqoqligi. U ko'p gol urmoqda, tezkor – himoyachilar uchun haqiqiy qo'rqinchli tush", – deydi Xasselbaynk.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru