Jervino: “Agar ikkimiz ham to'p bilan birga yugurganimizda Useyn Boltni ortda qoldirgan bo'lardim”

6 fev 2014, 14:57
“Roma” klubi hujumchisi Jervino Italiya Kubogi doirasida bo'lib o'tgan “Napoli”ga qarshi o'yin xususida to'xtalib o'tdi va yugurishda Olimpiada chempioni Useyn Boltni ortda qoldirishini ham ta'kidladi.

“Ikkinchi bo'lim boshida o'tkazib yuborilgan gol bizga yomon ta’sir qildi, biroq o'yin davomida o'zimizni o'nglab olishga erishdik. Ikkita gol urganimdan xursandman.

Useyn Bolt bilan yugurishda bahslasharmidim? Fikrimcha, agar ikkalamiz ham to'p bilan yugurganimizda uni ortda qoldirgan bo'lardim, lekin haqiqiy yugurishda u mendan kuchliroq”, - deydi Jervino.


Manba: sports.ru