JCH-2014 stadionlari. “Beyra-Rio” (Portu-Alegri)

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2014
2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar 8ta stadion haqida ma'lumot bergandik.

Arena de Korintians” (San Paulu)
Arena das Dunas” (Natal)
Estadio Kastelan” (Fortaleza)
"Arena Amazoniya" (Manaus)
"Braziliya milliy stadioni" (Brazilia)
"Arena Pernambuku" (Resifi)
"Fonte Nova" (Salvador)
"Arena Pantanal" (Kuyaba)

Bugun Portu-Alegri shahridagi “Beyra-Rio” stadioni haqidagi ma'lumotlar bilan tanishing.



"Beyra-Rio" stadioni 1969 yilda qurilgan, Jahon chempionati oldidan kapital rekonstrukciyadan chiqdi. Qachondir "Internasonal" stadioniga 100 000 dan ko'proq odam sig'ardi. Tashrif borasidagi rekord 1972 yilning 17 iyunida qayd etilgan. O'shanda Gaucho terma jamoasi (Riu-Grandi-du-Sul shtati termasi) Braziliya terma jamoasiga qarshi o'ynaygandi. Bahs 3:3 hisobida tugagandi.

Braziliya terma jamoasi bu yerda 10 marta maydonga tushgan. Ulardan faqat ikkitasi rasmiy o'yin bo'lgan. Yana ikki bahs Gaucho terma jamoasiga qarshi bo'lgandi.



Stadion rekonstrukciyadan oldin ham, hozir ham faqat futbol uchun xizmat qilmaydi. Bu yerda Portu-Alegrining madaniy tadbirlari ham o'tkazib turiladi.  Masalan, 2010 yil stadionda Pol Makkartnining koncerti bo'lib o'tgandi. Unga 50 ming muxlis kelgandi.

Bu stadionda JCH-2014ning jami beshta, to'rtta guruh o'yini va 1/8 finalidan o'rin olgan bitta uchrashuv bo'lib o'tadi.



To'liq nomi: "Estádio José Pinheiro Borda"
Stadion ochilgan: 1969 yil 6 aprel
Rekonstrukciya qilingan: 2013 yil
Stadion egasi: "Sport Club Internacional"
Stadion sig'imi: 51,300
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: internacional.com.br



Qizilqarli faktlar
Yaqinda Portu-Alegri shahrida "Gremio" klubiga tegishli boshqa stadion ham qurildi. Ko'pchilik o'sha stadionni yaxshiroq deb hisoblashmoqda. FIFA aynan "Beyra-Rio"ni tanlaganidan xafa bo'layotganlar anchagina.
 
Stadionning rasmiy nomida uni qurilishida bosh bo'lgan Joze Pineyro Bordaning ismi ham bor. Afsuski, u stadion ochilishiga oz qolganida vafot etdi.
 


2012 yilning 7 dekabr kuni stadionda "Internasonal" klubining Libertadores kubogini qo'lga kiritganini namoyish etishdi. Ushbu namoyish kino tarixiga kirdi va Ginessning rekordlar kitobidan o'rin oldi. Sababi unga qadar bitta kinoseansni bir vaqtda 27 ming odam tomosha qilmagandi.
 
"Beyra-Rio"da Libertadoresning to'rtta finali bo'lib o'tgan. Uch bor "Internasonal" mezbon bo'lgan, 2005 yilda esa "Atletiko Paranaense" ushbu stadionda o'ynagan.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
15 iyun
Fransiya - Gonduras

18 iyun
Avstraliya - Gollandiya

22 iyun
Janubiy Koreya - Jazoir

25 iyun
Nigeriya - Argentina

30 iyun
1/8 final (G1-H2)




Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia