"E" guruhidan o'rin olgan Fransiya - Gonduras uchrashuvida yevropaliklar yirik hisobda zafar quchishdi.
Eng qizig'i nima uchundir o'yindan oldin ikkala davlat madhiyalari chalinmadi. Ammo bu o'yinga hech qanday ta’sir ko'rsatgani yo'q.
O'yindagi ilk gol birinchi bo'lim oxirida penaltidan urildi. Pogbaga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Palasios qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 11 metrli jarima to'pini Benzema aniq amalga oshirdi - 1:0.
Ikkinchi bo'lim boshida Benzemaning zarbasi darvozaning uzoq ustuniga tegib qaytayotganida darvozabon kutilmaganda uni o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi - 2:0. Golni aniqlash texnologiyasi o'z samarasini berdi, to'p darvoza chizig'ini kesib o'tgan edi.
72-daqiqada jarima maydoni ichida to'g'ri joy tanlay olgan Benzema hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 3:0.
Gondurasda gol urish uchun yaqqol imkoniyat umuman bo'lmadi. Jamoa o'yinning kattagina qismini 10 kishi bo'lib o'tkazganini ham unutmang.
Ikkinchi turda bugun g'alaba qozongan Shveytsariya va Fransiya to'qnash keladi. O'sha bahsda yutgan jamoa katta ehtimol bilan keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qiladi.
JCH-2014. “E” guruhi. 1-tur
FRANSIYA – GONDURAS 3:0
16 iyun. 00:00
Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya)
Yordamchi hakamlar: Emerson De Karvalyu (Braziliya), Marselo Van Gasse (Braziliya)
Zaxira hakami: Piter O Liri (Yangi Zelandiya)
Gollar: Benzema, 44 penalti - 1:0, Valyadares, 48 avtogol - 2:0. Benzema, 72 - 3:0.
Fransiya: 1.Ugo Loris, 2.Matyo Debyushi, 3.Patris Evra, 4.Rafael Varan, 5.Mamadu Saxo, 6.Yoan Kabay (12.Antonio Mavuba, 64), 8.Matyo Valbuena (9.Olive Jiru, 78), 10.Karim Benzema, 11.Antuan Grizmann, 14.Blez Matuidi, 19.Pol Pogba (18.Mussa Sissoko, 57).
Gonduras: 18.Noel Valyadares, 5.Viktor Bernardes (2.Osman Chaves, 46), 3.Meynor Figeroa, 7.Emilio Isagirre, 8.Uilson Palasios, 11.Jerri Bengston (Oskar Garsiya, 46), 13.Karlos Kostli, 15.Roxer Espinosa, 17.Endi Naxar (20.Xorxe Klaros, 58), 19.Luis Garrido, 21.Brayan Bekeles.
Ogohlantirishlar: Evra 7, Pogba 29, Palasios 29, Kabay 45, Garsiya 53, Garrido 84.
Chetlatish: Palasios 43
Narzulla Saydullaev.

| # | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
| 1 | Fransiya | 1 | 1 | 0 | 0 | 3 - 0 | 3 | 3 |
| 2 | Shveytsariya | 1 | 1 | 0 | 0 | 2 - 1 | 1 | 3 |
| 3 | Ekvador | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 - 2 | -1 | 0 |
| 4 | Gonduras | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 - 3 | -3 | 0 |
Narzulla Saydullaev.