JCH-2013. Marokash o'smirlari qanday qilib mundialga chiqishdi?

Narzulla Saydullayev
30 avg 2013, 15:16
O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga qur'a tashlangandi.
Unga ko'ra O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi guruhda Panama, Marokash va Xorvatiya jamoalariga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.

Biz guruhdagi raqiblarimiz qay tarzda ushbu Jahon chempionatiga chiqishganini o'quvchilarimizga taqdim etib borayapmiz. Kecha 1-turdagi raqibimiz Panama haqida ma'lumot bergandik. Endi navbat 2-turda bizga to'qnash keladigan Marokash o'smirlariga.  

2013 yilning 13-27 aprel kunlari o'smirlar o'rtasida Afrika chempionati bo'lib o'tdi. Unga aynan Marokash mezbonlik qildi.

Final bosqichida 8ta jamoa ishtirok etdi. 2ta guruhda 4tadan jamoa kurash olib borishdi. Marokash "A" guruhida Tunis, Gabon va Botsvana jamoalariga qarshi o'ynadi.

Dastlabki turda Marokash Gabonni yirik hisobda taslim qildi – 4:1. Hamza Sakxi dublga erishgan bo'lsa, Bnu Marzuk, Jaadi bittadan gol urishdi.

Ikkinchi turda Botsvana yirik hisobda taslim qilindi 3:0. Bnu Marzuk dublga erishdi, Sakxi bita gol urdi.

So'nggi turda Marokash Tunis bilan durang o'ynadi – 1:1. Marokashliklar safida El Bouazzati to'p kiritdi. Shu tariqa 7 ochko to'plagan Marokash guruhda birinchi bo'ldi va yarim finalga chiqdi. Shu bilan birga JCHga yo'llanma oldi.

Yarim finalda raqibimiz Kot-DIvuarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Marokash tarkibida bitta javob to'pini Sabbar penaltidan kiritdi.

Uchinchi o'rin uchun o'yinda Marokash Tunis bilan o'ynagandi. Asosiy vaqt 1:1 hisobi qayd etilgan va g'olib penaltilar seriyasida aniqlangandi. Unda Tunis o'smirlari 11:10 hisobida zafar quchishgandi.

Marokash o'smirlari birinchi bor U17 Jahon chempionatida qatnashadi. Bu davlat o'smirlari oldingi mundiallarga yo'llanma ololmagan.

Saytimizni kuzatib borsangiz Xorvatiya o'smirlar terma jamoasi haqida xabar beramiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia