
Francuz turinliklar safida Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biriga aylandi va uning hozirgi transfer bahosi 80 mln. evro.
"Uzoq yillardan beri futboldaman, ammo Fergyuson va MYUning Pogbani qo'yib yuborishi men guvoh bo'lgan qarorlar ichida eng g'alatisi. Bir necha mashg'ulotdan so'ng Pol qanchalik kuchli ekanligini bilganmiz. Pogbaning iqtidorini ko'rish uchun MYUdagilarga ko'zoynak kerak deb o'ylaganmiz. Bu yoshda Pogba kabi juda kuchli bo'lgan futbolchini ko'rmagan. Ayni damda mish-mishlar uni "Real", PSJ, "Chelsi" yoki "Manchester Siti" bilan bog'layapti, ammo Pol hozircha "Yuventus" futbolchisi. Uning transfer mablag'i rekordni yangilashi mumkin" - deydi Buffon.