Zammerning fikricha, "Bavariya"ning chempionligi haqida gaprishiga hali erta
Aslanov Jasurbek
5 okt 2015, 17:12
"Bavariya" sport direktori Mattias Zammerning fikricha, ayni damda myunxenliklarni mamlakat chempioni deb atash noto'g'ri.
"Bunday savollarga javob bermayman. Biz o'z ishimizga e'tibor qaratishimiz lozim. Ketma-ket to'rtinchi g'alaba juda ajoyib natija, ammo bu endigina sakkizinchi tur ekanligini eslatib qo'yishim kerak. Marafon davom etadi" - deydi Zammer.