Zafarmurod Abdirahmatov: "Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik"

Абдулвосит Бектемиров
1 avg 2024, 09:41
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Zafarmurod Abdirahmatov terma jamoa Toshkentga yetib kelganidan so'ng olimpiya o'yinlari haqida fikr bildirdi.

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Parijdagi olimpiadada o'z ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytdi. Olimpiada musobaqasi qanday o'tdi?

- Avvalambor butun xalqimizdan uzr so'raymiz. Maqsadimiz guruhdan chiqish edi, biz esa buni bajara olmadik. Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik xolos. Ushbu musobaqadan juda katta tajriba to'pladik. Keyingi musobaqalarda yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz.

- Olimpiada musobaqasi qanday ekan? Mintaqaviy turnirlardan farqi nimada? Olimpiadada sport turlari juda ko'p va sportchilar ham alohida shaharchada yashashadi.

- Bu katta turnir hisoblanadi. Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi yirik musobaqa. E'tibor juda katta va futbol ham oddiy bir sport turi hisoblanar ekan.

- Tashkiliy ishlar bo'yicha muammolar bo'ldimi?

- Yo'q. Bizdan faqat yaxshiroq futbol o'ynash talab etilar edi xolos.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia