"Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan "Napoli"ning muhim futbolchisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
8 fev 2021, 22:35
"Napoli" himoyachisi Kostas Manolas jarohati sababli safdan chiqdi.

Klub rasmiy saytining ma'lumotiga ko'ra, u to'pig'idan jarohat olgan va tiklanish 3 haftaga cho'zilishi mumkin. Shu orqali u Kubokda "Atalanta", chempionatda esa "Yuventus" va "Atalanta", shuningdek, Yevropa ligasi doirasida "Granada"ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi.

29 yoshli Manolas ushbu mavsumda "Napoli" tarkibida 22 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal