"Yuventus"ga "Chelsi"ning ikki futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
1 dek 2019, 14:40
"Tuttosport" xabariga ko'ra, "Yuventus" o'z short-listiga "Chelsi"ning ikki futbolchisi - Villian va Pedroni ham kiritdi.

Ikki futbolchining ham "Chelsi" bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi. Shu orqali turinliklar ularni tekinga o'z tarkibiga qo'shib olishlari mumkin.

Ammo, qayd etilishicha, "byankoneri" ularni qishda kichik summa evaziga ham sotib olishlari mumkin. "Chelsi" ham Villian va Pedroni tekinga qo'yib yubormasdan, kam narx bo'lsa-da, sotib yuborishni rejalashtirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport