"Yuventus" Zidan haqidagi ma'lumotni rad etdi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018, 07:47
"Yuventus" "Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanni ishga taklif qilmoqchi emas.

Oldinroq, fransiyalik mutaxassis klubda sport bo'yicha maslahatchi vazifasini egallashi xabar qilingan edi.

"Yuventus"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi vakilining so'zlariga ko'ra, ayni damda bu vazifada Pavel Nedved ishlab kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, 1996-2001 yillarda Zidan "Yuventus" futbolchisi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS