"Yuventus" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2023, 18:01
Luis Hasaga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Italiyaning "Yuventus" klubi Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqishiga sabab bo'layotgan futbolchi Luis Hasa bilan kelishuvni uzaytirish niyatida, deya xabar berdi Nikolo Skira.

19 yoshli Hasaning amaldagi bitimi joriy mavsum oxirida tugaydi, ammo uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud. Yarim himoyachiga "Borussiya"dan tashqari Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi ham qiziqyapti.

Luis Hasa joriy mavsum "Yuventus" yoshlar jamoasida 11 ta o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira