"Yuventus" yarim himoyachisi "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
25 noya 2019, 12:52
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski "Atalanta"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Futbolchi o'sha o'yinda nafas olishi qiyinlashishi sabab o'z o'rnini Aaron Remziga bo'shatib berdi.

Bernardeski YCHL doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.

25 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia