"Yuventus" yaqin vaqtlarda ikkita transferni e'lon qilishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 18:45
"Yuventus" yaqin vaqtlarda o'z tarkibini ikki futbolchi bilan to'ldirib olishi mumkin.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "keksa sinora"lar "Ayaks" sardori Matteys De Ligt hamda PSJ xavbeki Adrien Raboni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

Qayd etilishicha, Raboning "Yuventus"dagi yillik maoshi 7, De Ligtniki esa 12 million evroni tashkil qiladi.

Gollandiyalik  70 million evro evaziga Turinga ko'chib o'tsa, Rabo erkin agent sifatida klubga qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport