

Agar Ozil "Manchester Yunayted"ga o'tmasa, "keksa sinora" 29 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'radi.
Oldinroq, mankuninalar ustozi Joze Mourinyo nemis futbolchisini o'z jamoasida ko'rmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Ozilning "Arsenal" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. "Manchester Yunayted" yarim himoyachini yanvarda qo'lga kiritish uchun 40 mln. evro to'lashga tayyor.
Ozilning o'zi esa hayotida yangilik bo'lishini istaydi, Sami Xedira bilan do'stlik munosabatlari uni "Yuventus"ga o'tishiga yordam berishi mumkin.



