Ozil va "Fenerbaxche" o'zaro shartnomani bekor qildi

Оқил Абдубарноев
11 iyul 2022, 21:29
Yarim himoyachi Mesut Ozil ortiq "Fenerbaxche"da o'ynamaydi.

NTV Sport xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.

Yarim himoyachi jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ismoil Kartal bilan mojaro tufayli jamoadan chetlashtirilgandi. Futbolchi turk klubidagi so'nggi o'yinini 20 mart kuni o'tkazgan.

"Fenerbaxche"ning yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush ham yarim himoyachini tarkibga qaytarmadi va uni yangi mavsumga tayyorlanayotgan futbolchilar ro'yxatiga kiritmadi.

Ozil 2021 yildan beri istambulliklar sharafini himoya qiladi. Ushbu vaqt davomida u chempionatda 32 ta o'yin o'tkazib, 11 ta samarali harakatni amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: NTV Sport