

Yozgi transfer oynasida "Chelsi" 26 yoshli braziliyalikni xarid qilmoqchi edi. Londonliklar 70 mln. evro va qo'shimcha 10 mln. evrolik bonus taklif qilgan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Aleks Sandro klub bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytirishga tayyor. Yangi kelishuv bo'yicha futbolchining 2,8 mln. evrolik maoshi, 4,5 mln. evroga etadi. Tez orada ushbu bitim haqida rasman e'lon qilinadi.
Braziliyalik va "keksa sinora" o'rtasidagi shartnoma 2020 yilning yozida yakuniga etadi.


