"Yuventus" bu mavsumda gol urmagan "Napoli" hujumchisi uchun o'z futbolchilaridan voz kechmoqchi

Mirjalol Normatov
19 dek 2024, 22:50
"Yuventus"ga Jakomo Raspadori kerak.

Turin klubi ancha vaqtdan buyon "Napoli" futbolchisini kuzatib bormoqda. "Yuve" bosh murabbiyi Tiago Mottaga ushbu hujumchining o'yini maqul kelgan.

"Yuventus" Raspadori uchun Danilo yoki Nikolo Fajolidan voz kechishga tayyor turibdi. O'z navbatida "Napoli" ustozi Antonio Konte ham aynan ushbu futbolchilarni kuzatib borayotgandi.

Raspadori ushbu mavsumda A Seriyaning 8 o'yinida qatnashdi, biroq samaradorlik qayd etmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport