"Yuventus" "Borussiya" himoyachisini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2017, 16:41
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Rafael Gerreyro xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" vakillari nemis klubi bilan bu borada bog'lanishgan va portugaliyalik futbolchining Italiya klubiga o'tish imkoniyatlari bilan qiziqishmoqda.

Gerreyro joriy mavsum oldidan 12 mln. evro evaziga "Loryan"dan "Borussiya"ga o'tgan.

So'nggi mavsumda Gerreyro Germaniya chempionatining 24 ta uchrashuvida maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport