"Yuventus" "Arsenal"ga Arturni ijaraga olishni taklif etdi

Alisher
25 dek 2021, 12:27
"Yuventus" yarim himoyachi Artur Meloni ijara berib yubormoqchi.

Klub 25 yoshli futbolchini Londonning "Arsenal" klubiga taklif qildi. Arturga shuningdek PSJ ham qiziqmoqda.

Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi Turin klubiga o'tgan yili "Barselona"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail