"Yuventus" 9 mln. evro evaziga Duglas Kostani ikki yilga ijaraga oladi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2017, 15:18
"Yuventus" "Bavariya" yarim himoyachisi Duglas Kostani ikki yilga ijaraga olmoqchi.

Turin klubi ikki mavsumlik ijara uchun 9 mln. evro to'lamoqchi.

Italiya jamoasi ijara muddati yakunlanganidan so'ng, "Bavariya"ga 33 mln. evro to'lab, futbolchini sotib olish huquqiga ega.

Oldinroq OAVDa "Yuventus" 26 yoshli braziliyalikni 40 mln. evroga sotib olishi e'lon qilingan edi. Eslatib o'tamiz, 2015 yilning yozida "Bavariya" Duglas Kosta uchun "Shaxtyor"ga 30 mln. evro to'lagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe