

Turin klubi ikki mavsumlik ijara uchun 9 mln. evro to'lamoqchi.
Italiya jamoasi ijara muddati yakunlanganidan so'ng, "Bavariya"ga 33 mln. evro to'lab, futbolchini sotib olish huquqiga ega.
Oldinroq OAVDa "Yuventus" 26 yoshli braziliyalikni 40 mln. evroga sotib olishi e'lon qilingan edi. Eslatib o'tamiz, 2015 yilning yozida "Bavariya" Duglas Kosta uchun "Shaxtyor"ga 30 mln. evro to'lagan.



