"Yuventus" 16 yoshli futbolchini "Barselona"dan ilib ketishi mumkin

Tolibjon Qosimov
30 okt 2019, 13:36
Turinning "Yuventus" klubi yanvar oyidayoq "Veles Sarsfild"ning 16 yoshli hujumchisi Matias Sule bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqda "La Gazzetta Dello Sport" nashri xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, o'yinchiga "Barselona" ko'z tikkan, yigitchaning ota-onasi esa Yevropadan turar joy qidirishni boshlab yuborishgan. "Keksa sinoralar" foydasiga ishlashi mumkin bo'lgan fakt bor: Suleda ikkita fuqarolik bor - Argentina va Italiya.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport