Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasidagi ishga qiziqmayapti

Alisher
22 noya 2020, 12:24
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ayni damda Germaniya terma jamoasidagi ishga qiziqmayapti.

"Kelajakda bo'lishi mumkin. Hozir emas. Menda vaqt yo'q va ish bor - og'ir ish. Men bu yerda ko'p narsalarga javob beraman, shu sabab boshqa chaqiriqlarni izlamayman. Ertalabki uyg'onishdan so'ng menda etarlicha muammolar bor", - deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasini 14 yildan beri boshqaradi.

Yaqinda Germaniya terma jamoasi 1931 yildan beri o'zining eng yirik mag'lubiyatini Ispaniya (0:6)dan qabul qilib oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal.com