Yurgen Klopp: Balotellini o'z safida ko'rishdan xursand bo'ladigan klublar bo'lsa kerak

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2016, 11:59
Liverpul ustozi Yurgen Klopp klub hujumchi Mario Balotelli bilan xayrlashmoqchi ekanini ma'lum qildi.

Mario oldingi saviyasiga qaytishini istaymiz, jarohat olganidan so'ng u o'zgardi. Ammo qobiliyati hech qaerga ketmagani aniq. Mashg'ulotlar vaqtida juda ham yaxshi harakat qiladi. Ammo hozirgi kunda u hujumchilar o'rtasidagi raqobatda yutib chiqadigan darajada emas.

Menimcha Balotellini o'z safida ko'rishdan xursand bo'ladigan klublar topilsa kerak. Uni yaxshi sport formasiga chiqishiga yordam beraman, - deydi Klopp.

Oldinroq Balotelli Liverpulning Tranmer bilan o'rtoqlik uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: liverpoolecho.co.uk