Yurgen Klopp: "Agar "Liverpul" YCHLga chiqa olmasa, moliyaviy jihatdan katta yo'qotish bo'ladi. Bu biznes"

Omonjon To`xtamirzayev
17 mar 2021, 19:45
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub kelasi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, qanday muammolarga duch kelishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

"Bu moliyaviy jihatdan katta zarar bo'ladi. Agar biz YCHLga chiqa olsak, zarba u qadar kuchli bo'lmaydi. Dunyoning istalgan klubida bosh murabbiy bo'lsam, hozirgi holat takrorlansa, shu kabi savollar berilishi aniq.

Bu normal holat. Tan olish lozim, bu biznes. Ammo "Liverpul"da barchasi o'zgacha.

Rahbariyat, sport direktori, hattoki futbolchilarimiz ham... Hech kim shubhalanmayapti. Biz vaziyatni boricha qabul qildik va undan chiqish uchun astoydil harakat qilmoqchimiz, – dedi Klopp Sport Bild nashri uchun intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia