Yumtiti: "Mashg'ulotlarda Messi, Neymar va Suaresga qarshi o'ynash foydali"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2016, 11:57
"Barselona" yangi himoyachisi Samuel Yumtiti Lionel Messi, Luis Suares va Neymar kabi hujumchilar bilan birga mashq qilayotganidan va o'ynayotganidan xursand.

"Messi uchrashuvlarda mashqlardagidek zo'r. U jahonning eng yaxshi futbolchisi. Mashg'ulotlarda haqiqiy fenomen, rasmiy bahslarda esa u yaxshi formadaligini isbotlab qo'ymoqda. Mashg'ulotlarda Messi, Neymar va Suaresga qarshi chiqish men uchun foydali. Buning foydasini o'yinlarda his qilyapman. Jahonning eng yaxshilari bilan birga ishlash vazifamni osonlashtiradi" - deydi Yumtiti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser