Jahon chempioni 31 yoshida faoliyatini yakunladi

Khoja
16 sen 2025
Fransiya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgan Samuel Yumtiti faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Futbolchi 31 Yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

"Ko'tarilishlar va pasayishlar bo'lgan faoliyatimni yakunladim. Xayrlashish vaqti keldi... Men futbol uchun borimni berdim va bundan hech qachon afsuslanmayman. Birga o'ynay olgan barcha klublarim, prezidentlar, murabbiylar va futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, meni doim qo'llab turganlarga minnatdorchilik bildiraman", - deb fikr bildirgan fransiyalik himoyachi.

Samuel Yumtiti Fransiya termasi safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 4 ta gol bor. U terma jamoa safida 2018 yilda bo'lib o'tgan JCHda g'alaba qozongan. Himoyachi futbolchilik faoliyati davomida "Lion", "Barselona", "Lechche", "Lill" kabi jamoalarda harakat qilgan.

Jarohatlar sababli himoyachi faoliyati davomida jami 208 ta uchrashuvda maydong tusha olmagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com