

Portugallarga finalda Madridning "Real" klubi yoshlari raqiblik qiladi. Biroz avval yakuniga etgan yarim final bahsida "qaymoqranglilar" "Zalcburg"ni musobaqadan chiqarib yuborishdi.
"Zalcburg" (Avstriya) - "Real" (Ispaniya) - 1:2.
Gollar: Latasa, 4 (0:1). Guterres, 32 (0:2). Suchich, 50 - penalti (1:2).
Final uchrashuvi 25 avgustga belgilangan. Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi “Portu” hisoblanadi.




