

Polsha va Shotlandiyaga qarshi o'yinlarda maqsadimiz 6 ochko olish edi, bunga erishdik. Bu orqali Fransiya sari katta qadam tashladik.
Bugun g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. O'yin qiyin kechdi, shotlandlar bazi vaziyatlarda butun jamoa bilan himoyada o'ynashdi.
O'yinning kattagina qismida ustunlikka ega bo'ldik va haqli tarzda zafar quchdik. Guruhdan chiqish vazifasini deyarli bajardik. Dublinda durang ham bizga etarli bo'ladi. Ammo biz hech qachon durang uchun o'ynamaymiz, Germaniyaning uslubi bunday emas, – deydi Lev.



