Yilning eng yaxshi darvozabonini aniqlashda o'zbekistonlik jurnalist kimlarga ovoz berdi?

Alisher Ostonov
27 sen 2025
Bir necha kun ilgari France Football nashri tomonidan turli nominaciyalarda yilning eng yaxshi futbolchilari aniqlandi.

Jumladan, yaqinda "Manchester Siti"ga transfer qilingan italiyalik darvozabon Janluijji Donnarumma 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilib, Lev Yashin sovrini bilan taqdirlandi.

Xalqaro jurnalistlar o'rtasidagi so'rovnomada uchtadan nomzod tanlandi va o'ringa qarab, 5,3 va 1 ball bilan baholandi.


O'zbekiston nomidan ovoz bergan championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning tanlovi quyidagicha bo'ldi:

1.Donnarumma

2.Zommer

3.Alisson


E'tiborlisi, 100 nafar jurnalistning 93 nafari Donnarummani birinchilikka qo'ygan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia