Yaya Ture APLga qaytadi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 14:46
35 yoshli xavbek Yaya Turening aytishiga ko'ra, u faoliyatini yakunlamaydi va yangi jamoa izlaydi.

"Albatta, faoliyatimni yakunlamayman. Qayerda? Bilmayman. Balki, APLdir. Agarda ishlar o'xshasa, u yerda yana ikki-uch yil, balki bir yil o'ynayman. Hozircha bu boradagi gaplar o'zimga ham mavhum", - dedi ivuarlik futbolchi.

Turening so'nggi jamoasi "Olimpiakos" bo'lgandi. Bunga qadar u 8 yil davomida "Manchester Siti"da harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports