Yaya Ture 18 oy mashina hayday olmaydi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2016
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture mast holda mashina haydagani uchun 18 oyga haydovchilik guvohnomasidan ayrildi, deb xabar bermoqda AP.
Bu voqea dekabr oyi boshida bo'lgandi. 33 yoshli futbolchi boshqarayotgan mashina Londonda policiya xodimlari tomonidan to'xtatilgandi. Turening qonidagi alkogol miqdori belgilanganidan ortiq edi.

Seshanba kuni bo'lib o'tgan sudda futbol o'z aybini tan oldi. Ture 54 ming funt jarimaga ham tortildi.

Bu mavsumda Ture APLda 4ta o'yinda 2ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: AP