Yaponiya - Chili uchrashuvi zilzila tufayli bekor qilindi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018, 16:40
7 sentyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan Yaponiya hamda Chili terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi zilzila tufayli bekor qilindi.

Bu haqida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Elektr taminotida uzilishlarga olib kelgan asosiy infratuzilmalar shikastlanganidan so'ng qaror qabul qilindi.

5 sentyabr kuni tunda Xokkaydo orolida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia