Yangi murabbiy, katta tozalash... Moskvaning "Lokomotiv"idan 11 nafar futbolchi ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 may 2020, 20:41
Moskvaning "Lokomotiv"ida katta "tozalash ishlari" bo'lishi kutilmoqda.

"Championat.com" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, jamoani yozda  Anton Kochenkov, Aleksandr Kolomeycev, Jefferson Farfan, Boris Rotenberg va Joau Mariu kabi futbolchilar tark etishi aniq bo'lgan.

Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, Eder va Machey Ribusning klub bilan shartnomasi yakunlanmoqda, jamoaning yangi bosh murabbiyi Marko Nikolich hali ushbu futbolchilar borasida bir qarorga kelmagan.

Undan tashqari, Nikolich uchun Brayan Idovu va Solomon Kverkveliya kerak bo'lmayapti.

Shuningdek, Fedor Smolov hamda Benedikt Xevedesning jamoadan ketishi inkor qilinmayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Championat.com