

Ma'lumotlarga ko'ra, "Yuventus" hali ham forvarddan 19,9 mln. evro qarz. Roanldu 2020 yil, kovid paytida maoshini 4 oyga muzlatib qo'yishga rozi bo'lgan.
Ammo shu bilan birga Ronaldu klub bilan to'rt oyning uchtasi uchun pul to'lashni kafolatlovchi hujjatlarga imzo chekkan: Birinchisi - agar futbolchi Turinda qolsa, ikkinchisi - agar u "Yuventsu"ni tark etsa.
Klub kuzatuv kengashining bayonotida Ronaldu o'z advokatlari orqali Turin prokuroridan tekshiruv ishi bo'yicha hujjatlarni so'ragani tasdiqlangan. Prokuror rad javobini bergan.
"Yuventus" kuzatuv kengashining ma'lum qilishicha, portugaliyalik "qarzni talab qiluvchi sifatida tekshiruv elementlarin tasdiqlaydi". Shu bilan birga kengashning tasdiqlashicha, Ronaldu "bu holatning moliyaviy ahamiyati yo'q deb hisoblab" klubga hech qanday murojaat qilmagan.
O'tgan haftada "Yuventus" o'zining qayta ko'rib chiqilgan moliyaviy hisobotini e'lon qildi, unda klub Ronaldu oldida qarzdorligi yozilmagan. Bu kuzatuv kengashini "yuqoridagi ma'lumotlarni klubga etkazishga, taxminan 20 million evro miqdoridagi mablag'ning ahamiyatini hisobga olgan holda tegishli ko'rib chiqishni talab qilishga" undadi.



