Yangi mavsumdagi ilk supero'yin: "Borussiya" - "Bavariya" uchrashuvi sanasi aniq

7 iyun 2019, 16:59
Germaniya Superkubogi uchrashuvining sanasi ma'lum bo'ldi.

Germaniya chempionatining amaldagi chempioni hamda kubogi sohibi "Bavariya" Superkubokda Bundesligada ikkinchi o'rin egasi bo'lgan "Borussiya" Dortmund bilan kuch sinashadi. 

Mazkur o'yin 3 avgust kuni Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi Superkubok bahsida chempion sifatida qatnashgan "Bavariya" kubok sohibiga aylangan "Ayntraxt"ni tor-mor keltirgandi.


Manba: championat.asia