Yangi mavsum uchun chiqarilgan sizni hayron qoldiruvchi formalar (foto)

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2017, 13:12
Kecha Yevropaning bir nechta grand klubi yangi mavsum uchun o'zining uchinchi formasini taqdim etdi va bu liboslar bazilarga yoqdi, boshqalarga esa aksi.

Bugun yangi mavsum uchun tayyorlangan ajoyib va sizni hayron qoldiruvchi formalar bilan tanishtiramiz.

"Xayduk", Xorvatiya

Xorvatiya klubi bu yil uchinchi formasiga butun tarixini yozishga qaror qildi. Futbolkaga klubga a'zo bo'lish uchun 250 evro to'lagan muxlislarning ismi yozilgan. Ular mingdan ortiq.





"Xolshtayn Kil", Germaniya

Ikkinchi bundesliga klubi o'z formasiga 1900 yildagi Kil buxtasining suratini joyladi. Ajoyib g'oya, to'g'rimi?



"Xaddersfild", Angliya

Deyarli yuz yil oldin Angliya chempioniga aylangan klub Premer-liga qaytgani uchun o'zgacha uslubdagi formalardan foydalanadi.





"Orlando Payrets", JAR

Janubiy afrikalik ushbu yigitlar haqiqiy qaroqchilarga aylanishdi.





"Amerika", Meksika

Meksikaliklar doimgidek yorqin liboslarni xush ko'rishadi. Haqiqiy meksikancha forma.







"Borussiya" Dortmund, Germaniya

Dortmundliklar formasi ham boshqalardan qolishmaydi.



"Sankt-Pauli", Germaniya

Under Armour Gamburg klubi formasini ishlab chiqishda, g'ishtli devorni olib, uni bo'yab qo'yganga o'xshaydi. Uchinchi libos esa harbiy uslubda taqdim etilgan.









"Uikom", Angliya

Irlandiyaning O'Neills firmasi dizaynerlari raqibni chalg'ituvchi forma yaratish kerakligi haqida ko'rsatma olganidan so'ng, ular nima qilish lozimligini tushunishdi. Uchinchi divizion klubi darvozabonining libosi juda g'aroyib ko'rinmoqda.



"Nagoya Grampus", Yaponiya

Yaponiyaliklarning g'oyalarini esa tushunish juda qiyin.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru