Yana boshlandi! Angliyada futbolchi raqibini tishlab oldi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018, 15:38
"Derbi Kaunti" yarim himoyachisi Bredli Jonson "Stok Siti" futbolchisi Jo Allenni tishlab olgani uchun 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Voqea Chempionshipning 19-tur o'yinida sodir bo'ldi. Uch nafar sobiq hakamdan tashkil topgan Angliya futbol associyaciya qo'mitasi vaziyatni ko'rib chiqdi.

Jonson 5ta uchrashuvni o'tkazib yuboradi, chunki uning sariq kartochkalari soni ko'payib ketgan. FAdagilarning aytishicha, Jonson aybini tan olmaganligi uchun bunday jazo berilgan.

TAS-IX emas

Chempionship turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports